FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

Sog‘lom qutqaruvchi - jamiyat tayanchi

Kuni kecha Andijon viloyati Andijon shahrida Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalari tizimida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong‘inlarni o‘chirish yo‘nalishlarida xizmat faoliyatini olib borayotgan shaxsiy tarkib o‘rtasida “Eng yaxshi yo‘riqchi-qutqaruvchi”, “Eng yaxshi qutqaruvchi”, “Eng yaxshi qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi” va “Eng yaxshi g‘avvos qutqaruvchisi” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, “Eng yaxshi yo‘riqchi-qutqaruvchi” nominasiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Qo‘rg‘ontepa tumani 16-YoQQ yo‘riqchi-qutqaruvchisi Ismonaliyev Ruxiddin, 2-o‘rinni Asaka tumani 18-YoQQ yo‘riqchi-qutqaruvchisi Karimov Akmal, 3-o‘rinni Andijon shahar 2-YoQQ yo‘riqchi-qutqaruvchisi Oddiy askar Nurmatov Sherzodbek egalladilar.

“Eng yaxshi qutqaruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Andijon shahar 2-YoQQ qutqaruvchisi Mahkamov Olim, 2-o‘rinni Shahrixon tumani 21-YoQQ qutqaruvchisi Raxmonov Zoxid, 3-o‘rinni Asaka tumani 18-YoQQ qutqaruvchisi Tojiboyev Jaxongir egalladilar.

“Eng yaxshi qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni yong‘in qutqaruv otryadi qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi Nizomov Xursand, 2-o‘rinni yong‘in qutqaruv otryadi qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi Ergashev Bunyod Otabek o‘g‘li, 3-o‘rinni yong‘in qutqaruv otryadi qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi Yunusov Begzod egalladilar.

“Eng yaxshi g‘avvos qutqaruvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni yong‘in qutqaruv otryadi g‘avvos qutqaruvchisi Yulchiboyev Jaxongir, 2-o‘rinni yong‘in qutqaruv otryadi g‘avvos qutqaruvchisi xizmatchi Batirov Furqat, 3-o‘rinni yong‘in qutqaruv otryadi g‘avvos qutqaruvchisi Xonkeldiyev Nosirbek egalladilar.

Ko‘rik-tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchi va xizmatchilarga faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar boshqarma boshlig‘i general-leytenant Sh.Normatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech