Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Sport musobaqalari

Kuni kecha, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish hamda sport turlarini ommalashtirish maqsadida sportning shaxmat, stol tennisi, badminton va armrestling turlari  bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
       
Musobaqada viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelgan jamoalar qatnashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda sportning Shaxmat turi bo‘yicha Termiz tumani FVB jamoasi, Stol tennisi va Badminton turlarida Boysun tumani FVB jamoasi, Armrestling turida Qumqo‘rg‘on tumani FVB jamoasi yuqori natijalarga erishdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech