Sportning mini-futbol turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati FVB qutqaruvchilari oʻrtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada harbiy xizmatchi va xizmatchilardan iborat 45 ta jamoa oʻzaro bellashib shulardan:
Xizmatchilar oʻrtasida
1-o‘rinni Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi jamoasi,
2- o‘rinni Kasbi tumani jamoasi,
3-o‘rinni Koson tumani jamoasi egallagan boʻlsa,
harbiy xizmatchilar oʻrtasida
1-oʻrinni "Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi binolarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo’limi"ning
32-yong’in-qutqaruv jamoasi,
2-oʻrinni "Sho’rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"ning
36-yong‘in-qutqaruv qismi jamoasi,
3-oʻrinni “Sho’rtangazkimyo majmuasi”
39-yong‘in-qutqaruv qismi jamoasi qoʻlga kiritdi.
G‘oliblar Boshqarma boshlig'ining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sportning mini-futbol turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati FVB qutqaruvchilari oʻrtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi
- Qo'shildi: 26.03.2023
- Chop etish
- Ko'rishlar: 664