Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot

Xabar berganimizdek, 7-dekabr kuni soat 03:57 da Denov tumanidagi “Indenim” savdo majmuasida gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq chaqnash yuzaga kelgan edi. 9 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in 28 daqiqa mobaynida FVV kuch-vositalari tomonidan o‘chirilgan.

30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok bo‘lgan fuqaro aniqlangan.

Mazkur hodisa sabab va oqibatlarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech