FVV ogohlantiradi:
4 iyul kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35*S issiq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSHQARMASI QUTQARUVCHILARI TO'RT YOSHLI BOLANI NOSOZ LIFTDAN QUTQARIB OLISHDI

2019 yil 4 dekabr kuni ertalab soat 10: 05da fuqaro S.A. Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga qo'ng'iroq qilib, uning to'rt yashar qizi ular yashaydigan ko'p qavatli uyning nosoz liftida qolib ketganligi, lift eshiklari berkilib qolganligi tog’risida xabar qildi. Ushbu voqea Termiz, "Farovon" massivi, 9-uy, 13-kvartirada sodir bo'lgan. Bir necha daqiqa ichida voqea joyiga leytenant Utebaev boshchiligidagi bir guruh qutqaruvchilar yetib borishdi. Qutqaruvchilar maxsus texnika vositalardan foydalanib, lift eshigini ochishdi va qizchani onasiga sog'-salomat topshirishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech