FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Surxondaryo viloyati FVB: “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusidagi tadbirlar davom etadi

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirda vazir maslahatchisi Bahodir Valiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimi, taniqli shoira va adiba Sharofat Jalilova, boshqarma boshlig‘I o‘rinbosari mayor O‘rinboy Hakimov, harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdilar.   

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish, ushbu sohadagi islohotlar, xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, tizimda davlat tilida ish yuritish, xodimlarning bu boradagi bilim-malakalarini oshirish tadbirlarining mazmuniga to‘xtalib o‘tdilar. O‘z navbatida, davlat tilini rivojlantirish yuzasidan mutaxassislarga zarur tavsiyalar berdilar.  

Taniqli shoira va adiba Sharofat Jalilovaning ona tilini qadrlashga oid hayotiy kuzatishlar asosidagi hikoyalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ona vatan, ona tilini qadrlash, mehr-oqibat haqidagi she’rlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Joylarda tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

                                                                                                                             Oddiy askar Azamat Jo‘rayev,

boshqarma xodimi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech