Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishi va ularning oqibatlarini bartaraf etish, sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha fuqarolarning bu boradagi ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 20-22 noyabr kunlari Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Qo‘mondonlik–shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqining g‘oyasiga ko‘ra, shartli ravishda zilzila sodir bo‘lganda tumanning aholi yashash punktlarida vayronalar, elektr energiyasi va gaz ta’minoti tizimidagi uzilishlar, yo‘llar va ko‘priklar buzilishi yuzaga kelganda Favqulodda vazityatlarda ularing oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimlari (FVDqT) xizmatlarining kuch va vositalarini harakatlari amalda yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.