FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Suv, havoday zarur qo‘llanma

Suv va havo tiriklik uchun zarur bo‘lgani kabi davlat tili ham unda yashayotgan xalq uchun shu qadar, ta'bir joiz bo‘lsa, hayot-mamot masalasi yanglig‘  muhimdir. Shu ma'noda, aytish kerakki, bugungi kun, shiddat bilan kechayotgan islohot va yangilanishlar davriga mos va xos, talab darajasida chop etilib, jamoatchilik hukmiga havola etilgan “Davlat tilida ish yuritish” kitobining yangi nashri davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, yanada rivojlantirishdagi dadil va zalvorli qadamlardan biri bo‘ldi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ushbu qo‘llanmaning 9-nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol'klori instituti tomonidan qayta ishlangan ushbu qo‘llanmada ish yuritish faoliyatida eng ko‘p foydalaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari tegishli namunalar bilan berilgan. O‘z navbatida, kitobdan ish yuritishga oid lug‘at ham o‘rin olgan.

– Ushbu kitob o‘z vaqtida, ayni zarur damda chop etildi. Bugun ushbu qo‘llanmani biz – davlat idorasida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchi xodimlar uchun yaqin yordamchi, maslahatchi desak xato bo‘lmaydi. Chunki undan davlat tilida ish yuritishga oid kerakli ma'lumotlarni olamiz, unga asoslangan holda, ish yuritamiz,-deydi FVV Matbuot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Samandar Hikmatullaev.–O‘z o‘rnida, barcha vazirlik, idora xodimlari, shuningdek, jamiyatimizning turli sohalarida mehnat qilayotgan mutaxassislarga ushbu qo‘llanmani tavsiya qilgan bo‘lardim...

Darhaqiqat, davlat tili maqomi va nufuzini oshirish, uni rivojlantirish borasida qizg‘in islohotlar ketayotgan bugungi davrda har birimiz ushbu ezgu amaliy sa'y-harakatlarga faol hissa qo‘shmog‘imiz lozim. Zero, ona tilimiz – jonu dilimizdir.

 

Bahodir Valiev, 

FVV maslahatchisi

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech