Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

"Suv havzalarida cho‘milish qoidasi – salomatlik va xavfsizlik garovi"

Navoiy viloyati FVB boshchiligida viloyatning Karmana va Navbahor tumanlarida "Suv havzalarida cho‘milish qoidasi – salomatlik va xavfsizlik garovi" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. 

O‘quv seminari davomida ishtirokchilarga ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milish hayot uchun xavfli ekanligi, bu boradagi profilaktik-targ‘ibotlarni hamkorlikda olib borishimiz kerakligi tushuntirib o‘tildi. 

Shuningdek, Navbahor tumanidagi "Shabboda" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum oldidan turli hil ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilot xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. 

Seminarda viloyat FVB rahbar xodimlari ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilariga Suv havzalarida cho‘milish qoidalariga rioya qilish, ruxsat etilmagan joylarda cho‘milmaslik hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech