Joriy yilning 2 yanvar’ kuni soat chamasi 10:42larda Xorazm viloyati Urganch tumani Elektr ta’minoti korxonasi navbatchisi tomonidan berilgan murojaatga asosan, mazkur tumandagi Chotko‘pir qishlog‘i Xidoyat mahallasidan o‘tuvchi suv quvurida daydi it tiqilib qolganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qutqarish bo‘yicha viloyat FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan voqea joyiga zudlik bilan etib borildi hamda amaliy yordam ko‘rsatilib, egasiz itning xayoti qutqarildi. Qutqarib olingan it tuman Obodonlashtirish bo‘limiga topshirildi.
FVV Matbuot xizmati