FVV ogohlantiradi:
26 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bolib Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Fargona viloyatlarida yomg'ir, qor yogishi mumkin. Qolgan hududlarda yogimgarchilik kuzatilmaydi Shamol sharq'dan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 4-9* C iliq' bo'lib ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Suv toshqini bartaraf etildi

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Sh.Rashidov tumani Qatortol MFY aholisi tomonidan, ushbu mahalla hududida oqib o‘tuvchi ariqning suv miqdori ko‘paygani va ko‘prikka turli chiqindilar yig‘ilish oqibatida aholi xonadonlariga suv toshib jiddiy ziyon yetkazayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi.

Ushbu holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi, tuman hokimligi mutasaddilari, Obodonlashtirish boshqarmasi, Toza hudud DUK, Mahalla, Irrigatsiya tizimi xodimlaridan iborat ishchi guruh voqea joyiga yetib borib, maxsus texnikalar yordamida ko‘prikning suv o‘tkazish jihati qayta tiklandi. Shuningdek, mazkur hududdagi Ulug‘bek va Navoiy ko‘chalaridagi ayrim aholi xonadonlarining tomorqalariga kirgan toshqin qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan motopompa yordamida chiqarib tashlandi.

Qayd etish joiz, qutqaruvchilarning amalga oshirgan tezkor choralari natijasida mahalla aholisi va ularning mulikiga ziyon yetishi xavfi o‘z vaqtida bartaraf etildi.

 

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech