Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq yangi tafsilotlar

Mana beshinchi kundirki, favqulodda vaziyat o‘chog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Toshqin sodir bo‘lgan hududlarning turli qismlarida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida, afsuski, to‘rt nafar qurbonlar va bir nafar fuqaro bedarak yo‘qolganligi ma'lum bo‘ldi.
Ayni vaqtda Hukumat komissiyasi tomonidan “Sardoba” suv omborining yorilishi natijasida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari jadallashtirildi. Eslatib o‘tamiz, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududda Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya va boshqa davlat xizmatlarining 2 mingga yaqin maxsus texnikasi ishlamoqda. Shuningdek, ushbu hududda Yong‘in o‘chirish mashinalari va motopompa yordamida toshqin suvi uylardan, infratuzilma ob'ektlaridan chiqarilib, sug‘orish va drenaj tizimlari tozalanmoqda. Shu bilan birga, nobud bo‘lgan chorva mollari ko‘milib, sanitar-gigienik tozalash ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech