FVV ogohlantiradi:
28 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23*S iliq bo'ladi.

Tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish yuzasidan tekshiruvlarni tartibga solish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 14 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi majlislar zalida hududiy davlat yong‘in nazorati organlari xodimlarining soha yo‘nalishida malakasini oshirish, tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslikka va qonuniylikni ta'minlashga erishish maqsadida, vazir o‘rinbosari – yong‘in nazorati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori A.Muminov boshchiligida seminarning birinchi kuni o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasidan mas'ul vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda davlat yong‘in nazorati xodimlariga tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning belgilovchi qonun hujjatlari, shuningdek, ularning faoliyatini tekshirish tartiblari va javobgarlikni belgilovchi normalar, tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibi, yong‘inlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va ma'muriy amaliyot ishlarini olib borishda qonun hujjatlar talablari yetkazildi.
Ta'kidlash joiz, tadbir ikki kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda Qurilish vazirligi va boshqa tegishli idora vakillari taklif etilishi va ular tomonidan davlat yong‘in nazorati organlarining qurilish obyektlari uchun yer maydonlarini ajratish komissiyalarida ishtirok etishi, ushbu obyektlarining loyiha hujjatlarini amaldagi normativ hujjatlari asosida ko‘rib chiqish, yong‘in xavfsizligi talablari bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlarni rejalashtirish va o‘tkazish tartibini yetkazish belgilangan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki bu profilaktik tadbirlarni olib borish bilan tadbirkorlarga huquqiy ta'sir choralarini ko‘rish emas balki, ularning yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish asosiy maqsad bo‘lib, bu ishlarni o‘z vaqtida tartibga solinishi bilan iqtisodiyotimizni asosiy bo‘g‘ini hisoblangan tadbirkorlik ob'ektlarini yong‘indan asrab qolishga va ulardan uzoq vaqt xavfsiz foydalanishga zamin yaratib beradi.
Ma'lumot uchun, respublika hududida yong‘in xavfsizligini ta'minlash ishlari samaradorligini yanada oshirish, yong‘inlarning fuqarolar hayoti va sog‘ligiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof tabiiy muhitga yetkazadigan og‘ir oqibatlarining oldini olish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi «Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PF-5884-sonli Farmoni talablariga asosan tadbikorlik obyektlarida yong`in xavfliligiga ko`ra tekshiruv ishlari 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab amalga oshiriladi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech