Kuni kecha Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan avtomabillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining birida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda shoxobcha hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlarda maskan ishchi-xizmatchilari va tezkor xizmatlarning tayyorgarligi, avariya va uning oqibatilarini bartaraf etishdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, jabrlanganlarni qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish tartibi amalda ko‘rsatilib, qutqaruv xizmatlarining hamkorlikdagi ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Mashg‘ulot yakunida qatnashchilarga mutaxassislar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.