Kuni kecha Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korhonasida FVV Yong‘in havfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi va uning quyi tizmlari tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish borasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, yoqilg‘i, moylash mahsulotlarini yetkazib berish va katta hajmdagi neft mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborda shartli ravishda yong‘in sodir bo‘ldi. Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelishib, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz joyga evakuasiya qilish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tabirlarni amalga oshirdi.
O‘quv mashqi nihoyasida tegishli tashkilotlar bilan o‘quv mashqi muhokamasi o‘tkazildi. Shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha vazifalar aniq qilib belgilab olindi.