Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Talabalar yotoqxonasida maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi

Joriy yil 29-sentabr kuni Samarqand arxitektura va qurilish institutining talabalar yotoqxonasida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda tegishli xizmatlar hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo'lib o'tdi.

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, talabalar yotoqxonasida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish, jabrlangan insonlarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiyot muassasasiga yuborish tadbirlari bajarildi.

O‘quv mashqi yakunida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech