FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, airim joilarda yomg'ir yog'adi. Q'oraq'alpog'iston va Xorazm viloyati bo'icha yomg'ir yog'ib, q'orga ailanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'iicha kechki vaq't yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharq'dan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 4-9 C iliq' bo'ladi.

Tantanali tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 18 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Sharq Yulduzi jurnali bosh muharriri, shoir Sirojiddin Rauf bayrog‘imiz tarixi, ajdodlarimiz tomonidan avlodlarga qoldirilgan ma’naviy meroslar borasida nutq so‘zlab, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan she’rini yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdi.

Tantanali tadbir yakunida, Vatan borasidagi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bayrog‘imiz madh etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech