FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida joriy yilning 22-yanvar kuni tashkil qilingan ma'naviy-ma'rifiy dars mashg‘ulotlari davlat tili targ‘ibotiga bag‘ishlandi.

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga tilshunos olimlar, yozuvchi va adiblar taklif etilib, dars jarayonlarida o‘zbek tilini rivojlantirish, uning qadr-qimmatini oshirish, vazirlik tizimida davlat tilida ish yuritish kabi mavzularda fikr yuritilib, xodimlarga zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Jumladan, vazirlik Markaziy apparatida tashkil qilingan mashg‘ulotga O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori filologiya fanlari nomzodi Jomonov Ravshan Oripovich taklif etildi. Ma'ruzachi o‘z so‘zida o‘zbek tilining boy va betakror tillardan biri ekanligi, ushbu tilda yuksak madaniyat va san'at namunalari yaratilganligi, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va yana ko‘plab mumtoz shoir va adiblarimiz, zamonaviy adabiyot namoyandalari uning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shganliklarini ta'kidlab, ona tilini hamisha e'zozlash, qadrlash, u bilan faxrlanish muqaddas vazifa ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida vazirlik tizimida davlat tilida ish yuritishga muhim vazifalardan biri sifatida qarash, davlat tilini rivojlantirishga har bir xodim munosib hissa qo‘shishi zarurligi eslatildi. 

O‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish Departamenti rahbarligida aloqador muassasalar hamkorligida nashrga tayyorlanib, chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” deb nomlangan amaliy qo‘llanmaning taqdimoti tashkil qilindi va ushbu kitob faoliyatda samarali foydalanish uchun tavsiya etildi.  

Bahodir Valiyev, 

Vazir maslahatchisi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech