Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo'lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 19-yanvar kuni soat 09:00 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.