FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo oʼzgaruvchan, yogʼingarchilik kutilmaydi. Аyrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq, shimolda kechasi 17-22*S sovuq, kunduzi 8-13*S sovuq boʼladi.

“Taxtaqoracha” dovonida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Kuni kecha Samarqand viloyati Urgut tumanidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovonida “FVDT hududiy va funksional quyi bo‘g‘inlari xizmatlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

O‘quv mashqi to‘rt bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda Dovonda qor ko‘chkisi sodir bo‘lganda, tegishli xizmatlarning kuch-vositalari favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun yig‘ildi va ularning shayligi saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qor ko‘chkisi sodir bo‘lish xavfi mavjud bo‘lgan hududlardan aholi va moddiy boyliklarini xavfsiz joylarga ko‘chirish ishlari amalda ko‘rib chiqildi. Navbatdagi bosqichda qor ko‘chkisi oqibatida transport vositalari bilan bog‘liq shartli ravishda sodir etilgan avto-avariyalar oqibatlari bartaraf etildi va qor ko‘chkisi ostida qolgan fuqarolarni qidirish hamda qutqaruv ishlarini amalga oshirish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borildi. Uchinchi bosqichda Dovonda ikki tomonlama yo‘l harakatini tiklash, fuqarolarning hayotiy tizimini maromiga keltirish, avtomobil' yo‘lini qordan tozalash, yo‘l qatnov qismining sirpanchiq va tik qiyali hududlarida qum va qum-tuz aralashmasini sepish, yo‘l belgilarini ta'mirlash ishlari olib borildi.

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech