Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Temir yo‘lda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Kuni kecha “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi ikki bosqichda o‘tkazildi. Dastlabki bosqichida FVDqT kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati saf ko‘rigida ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, Navbatdagi bosqichda shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish va fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech