Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Termiz shahridagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 29-yanvar kuni soat 07:43 da Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Manguzar” mahallasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:50 da yetib borib, yong‘in soat 07:52 da qurshab olingan va soat 08:05 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uy oshxonasining 9 kv.m maydonda shift qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakati natijasida yashash uyi yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech