Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Tezkor xabar

Joriy yilning 23 mart kuni 16:12da O‘zbekiston Respublikasi FVV FVBMga Qozog‘iston Respublikasi FVBM IIV FVKdan kelib tushgan axborotga ko‘ra O‘zbekiston Respublkasi fuqarosi Andijonlik Ro‘zixon Satimova “Karabas” temir yo‘l bekati (Qozog‘iston, Qarag‘anda viloyati Abay tumani) hududidagi temir yo‘lni piyoda kesib o‘tishga urinayotgan vaqtida yuk poyezdi urib yuborganligi to‘g‘risida axborot kelib tushdi.

Olgan tan jarohati tufayli R.Satimova voqea joyida vafot etgan.

Hozirda uning jasadi Qarag‘anda viloyati Abay tumanidagi shifoxonada saqlanmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 71) 147-10-50.

Qozog‘iston Respublikasi IIV FVK “Tezkor raqamlari” +7 777 218-20-10 va  +7 727 291-06-44.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech