FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

TIBBIYOT BIRLASHMASIDA PROFILAKTIK TADBIR

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – siqilgan kislorod ballonlaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarinng oldini olish, kislorod ballonlaridan foydalanish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish.
Tadbir davomida tibbiyot birlashmasida mavjud 21 ta kislorod ballonining texnik holati va ulardan foydalanish jarayoni o‘rganilib, kislorodning o‘ziga xos xavfli omillari haqida soha xodimlari bilan qo‘shimcha profilaktik-tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, texnik xodimlar bilan kislorod ballonlarini o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazish, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan (rangi o‘chib ketgan, maxsus belgilar qo‘yilmagan, deformasiyalangan) ballonlardan foydalanmaslik, ularni saqlash qoidalariga qat'iy rioya qilish bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir yakunida muassasa rahbariyati bilan aniqlangan kamchiliklar muhokama etilib, 4 ta nosoz kislorod ballonidan foydalanish taqiqlandi.
Bu kabi tadbirlar hozirda viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalarida o‘tkazib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech