Tog’ tayyorgarligi

Avval xabar berganimizdek, Bo‘stonliq tumanining “Chimyon” va “Chorvoq” dam olish hududlarida FVV tizimidagi Qutqaruvchilar respublika ko‘pkurash musobaqalari qizg’in davom etmoqda.

G’avvoslik qutqaruvi bosqichidan o’tgan qutqaruvchilar navbatdagi belgilangan shartlarga yo’l olmoqdalar. Ana shunday shartlardan biri tabiiy sharoitlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishdir. Ushbu bosqichda qutqaruvchilar tog’li hududda GPS va kompas orqali hakamlar tomonidan belgilab qo’yilgan nuqtalarni topish mashqlarini bajarmoqdalar. Bu shartni bajarish uchun quqaruvchilar tog’ yonbag’rilarida 15 kilometrdan oshiq masofani piyoda bosib o‘tadilar. Bosqichdan o’tish uchun musobaqa ishtirokchilariga tog’ning past-balandliklari va qoyalari to’siq bo’la olmaydi.

Tog’ yonbag’irlaridagi belgilangan nuqtalardan o’tish uchun qutqaruvchilardan kata mahorat, yuqori amaliy va nazariy bilim, shuningdek jismonan baquvvat bo’lish, chayirlik va epchillik talab etiladi.

Qutqaruvchilarning har bir harakati malakali mutaxassislar va hakamlar tomonidan nazorat qilinib, odilona baholanmoqda.

Musobaqa jarayonlarini saytimiz orqali kuzatib boring.