FVV ogohlantiradi:
8 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-38*S issiq bo'ladi.

Togʼli hududlar aerovizual o‘rganildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet mutaxassislari hamda Toshkent viloyati hokimliklari, va Davlat geologiya qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda Pskem va Oygaing daryolari havzalaridagi muzliklardan va togʼlarda uyumlar natijasida hosil bo‘lgan koʼllarni monitoring qilish maqsadida aerovizual kuzatuvlar oʼtkazdi.

Kuzatuv natijalari bo‘yicha ko‘llarning holati to‘gʼrisidagi maʼlumot va tegishli ko‘rsatmalar tayyorlanib manfaatdor organlarga taqdim etiladi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech