Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

To‘qqiz yoshli bola yong‘indan qutqarib qolindi

Kuni kecha, 24 sentyabr kuni soat 11:46 da Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Navoiy shaxar “Gulzor” MFY Nizomiy ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi hamada uyda yosh bola qolganligi to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan.
Mazkur xabar asosida qutqaruvchilar darhol maxsus texnikalar yordamida xonadon eshigini ochib, uy egasining 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini tutun qoplagan xona ichidan hushsiz holatda qutqarib olib chiqishgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishgan.
Yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi va 1 ta avtonarvon texnikalari jalb qilingan. Yong‘in soat 11:53 da to‘liq bartaf etilgan, yong‘in oqibatida xonadoning 10 kv.m maydonida uy jixozlari yonib zararlangan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida xonadonning 45 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Bugun, 25 sentyabr' kuni shifoxonada bolaning ahvoli yaxshilanganligi sababli onasi bag‘riga sog‘-salomat topshirilgan.
Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech