FVV ogohlantiradi:
24 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan,Samarqand,Jizzax,Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ayrim joylarda kuning birinchi yarimida hamda Andijon,Namangan va Fargona viloyatlarida yomgir yogadi. Shamol garbdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 12-17*C iliq bo'ladi.

To'rt yoshli Hojiakbarjon onasiga topshirildi

Andijon shahrida yashovchi fuqaro D.G'ofurova. Andijon viloyati FVBning “1050” qisqa telefon raqamiga to'rt yoshli farzandi uy ichkarisida qarovsiz qolib ketganligi, temir eshik qulflanib, eshik kaliti uy ichida qolganligi va uni ochish imkoni bo'lmayotganligi haqida hamda farzandidan xavotir olayotganligi to'g'risida murojaat qildi. Olingan xabardan so'ng, boshqarmaning Qutqaruv otryadi zudlik bilan ko'rsatilgan manzilga chiqib ketdi. Manzilga etib borgan qutqaruvchilar qisqa vaqt ichida qulflanib qolgan uy eshigini ochishdi va Hojiakbarjonni onasiga topshirishdi. Farzandini qo'liga olgan ona, o'z vaqtida yordam ko'rsatgan FVV xodimlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech