FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Toshkent Botanika bog‘ining orqa tomonida yong‘in sodir bo‘ldi

 Bugun, 16 may kuni soat 11.55da Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Botanika bog‘ining orqa tomonida, ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalar yongan. 

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olindi. 

Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan.

Holatning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech