Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
18 fevral kuni respublika hududida yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10 С iliq. 18-19 fevral kuni respublikaning tog'li hududlarida qor ko'chish xavfi bor. Xonadoningizni istishda ochiq olovdan xamda nostandart va qo‘lbola yasalgan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang. Gazballonlarni yotoqxonaga olib kirish va foydalanish xayotingiz uchun xavfli. Isitish pechlaridan foydalanishdan avval ularning mo‘rikonlarining sozligini tekshiring. Gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa)da ishlovchi istish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 7 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh xodimlari Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Hayot faoliyati xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha bilim olayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov o‘z nutqida Prezidentimiz rahnamoligida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizmini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganligini, FVV va FVDT tuzilmalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashni jahon talablariga javob beruvchi darajaga ko‘tarish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030–sonli Qaroriga muvofiq, aholi va hudularni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini tubdan o‘zgartirish, mutaxassislarni tayyorgarlikdan o‘tkazishning yagona tizimini yaratish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish samaradorligini oshirish maqsadida Fuqaro muhofazasi institutida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 5A640103 – “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishi ochildi.

Shuningdek, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘sib kelayotgan avlodni kasbga yo‘naltirish, ularni favqulodda vaziyatlarda harakat qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni bajarish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Andijon qurilish va transport, Samarqand axborot texnologiyalari, Olmazor politexnika hamda Toshkent viloyatining Chingeldi maishiy xizmat kollejlarida “qutqaruvchi” kasbi bo‘yicha “qutqaruvchi-haydovchi”, “g‘avvos-qutqaruvchi”, “dizenfeksiya instruktori”, “dozimetrist” va “gazdan qutqaruvchi” kabi mutaxassislar tayyorlanadi.

Shu bilan bir qatorda, I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan davlat universiteti, Andijon mashinasozlik, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari va Toshkent kimyo-texnologiyalari institutlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun mo‘ljallangan – 5640100 – “Hayot faoliyati xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.  

Davlatimiz rahbarining  2017 yil 2 iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030–sonli Qarori bu boradagi ishlarni amalga oshirish va takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida, institut talabalariga Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga oid hujjatli film namoyish etildi.

Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Xitoylik fuqaroga yordam ko`rsatildi

2018 yilning 17 fevral kuni soat 11.50 da Toshkent viloyatining Chimyon tog`li hududida joylashgan "Chimyon" qutqaruv otryadining navbatchilik qismiga, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Chan Shi tog'yo…

“Lasetti” haydovchisiga yordam berildi

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 tezkor raqamiga Lasseti rusumli avtomashina haydovchisi tomonidan uning avtomashinasi Sergeli tumani Chortoq mah…

?

Vazirga savol

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech