Bugun, 26 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga soat 16:32da Toshkent mexanika zavodi hududida sanoat chiqindilari yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Oqibatda 60 kvadrat metrga zarar yetgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.
Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.