Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Toshkent mexanika zavodi hududida chiqindilar yonib ketdi: yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan yong‘inni bartaraf etdilar

Bugun, 26 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga soat 16:32da Toshkent mexanika zavodi hududida sanoat chiqindilari yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Oqibatda 60 kvadrat metrga zarar yetgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.

Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech