FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan dezinfeksiya ishlari kuchaytirildi

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishda samarali vosita hisoblangan dezinfeksiya ishlari jadal olib borilmoqda. Mana shunday tadbirlar Toshkent shahrida ham o‘tkazildi va hozirda davom ettirilmloqda.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan olib borilgan dezinfeksiya tadbirlari shaharning barcha tumanlaridagi hududlarida joylashgan bozorlar, aholi harakatlanuvchi ko‘cha va shox ko‘chalar, ijtimoiy soha ob'ektlarida o‘tkazildi.
Ta'kidlash joizki, bozor va savdo markazlarida radiouzellar orqali fuqarolarni ogohlikka, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishga chaqiruvchi targ‘ibot ishlarining olib borilishi ham aholi o‘rtasida tojdor virusga qarshi kurashishda samarali omil sanaladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech