FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari yo‘nalishli avtobusda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishdi

Avtobus joriy yilning 24-noyabr kuni soat 06:13 da Toshkent kichik halqa yo‘lida, 116-sonli yo‘nalishli avtobus haydovchisi ilk yo‘lovchilarni olib ketish maqsadida avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan. Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi. Soat 06:26da yong‘in qurshab olingan va soat 06:39da to‘liq baratraf etildi. Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi tahmin qilinmoqda. Ushbu voqeada jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o‘z vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech