FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Toshkent shahar FVBda insholar tanlovi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanlov natijalariga ko'ra, faxrli 1-o'rinni oddiy askar Zeboxon O'runova, 2-o'rinni xizmatchi Guljamol Xidirboyeva, 3-o'rinni leytenant Islambek Kallibekovlar egalladilar.
G'olib va sovrindorlar maxsus diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech