FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

Toshkent shahar Mirobod tuman tibbiyot birlashmasida “Qutirishga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi ko‘rgazmali maxsus-taktik amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

2020 yilning 17 fevral kuni Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda Mirobod tumanida joylashgan markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasida “Qutirishga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik amaliy mashg‘uloti va seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Mirobod tuman hokimligi, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etdilar.
Seminarda ishtirokchilar kasallikning kelib chiqish sababi, uning oldini olishda ko‘riladigan choralar bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega bo‘ldilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech