FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27*S iliq, kunduzi 37-42*S issiq bo'ladi.

Toshkent shahridagi “Bo‘rijar” kanalida FVV xodimlari tomonidan ikki nafar fuqaro qutqarib qolindi: jasorat ko‘rsatgan qutqaruvchilardan biri suvda cho‘kib halok bo‘ldi

Kuni kecha soat 15:16larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Y.Rajabiy MFYdan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalida taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro cho‘kishni boshlagan. Bu vaqtda aynan ushbu hududda nazorat olib borayotgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikki nafar xodimi cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib, qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar.


Qutqaruv jarayonida FVV xodimlari A.Azimxo‘jayev va I.Murodovlar fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qoladi. Shundan so‘ng, avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak) keyinchalik S.Q. o‘zboshimchalik bilan takroran o‘zini suvga tashlagan.


Qutqaruvchilarning sa'y-harakati tufayli ikkala fuqarolarning ham hayoti saqlab qolindi. Afsuski, qutqaruvchi A.Azimxo‘jayev xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib halok bo‘lgan.


Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi nomidan qutqaruvchi A.Azimxo‘jayevning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech