FVV ogohlantiradi:
5 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib,ayrim joylarda yomg'ir yog'adi . Faqatgina Qaraqoipog'iston Respublikasi Xorazim Andijon Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydikunning Shamol sharqdan 7-12 m/c(25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 5-10*S iliq bo'ladi.

Toshkent shahridagi metro bekatlaridan birida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot

Bugun, 18 mart kuni taxminan soat 20:10larda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Olmozor” yer osti metro bekatidan “Sirg‘ali” metro yo‘nalishining “Choshtepa” yer usti metro bekati tomon harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat yo‘nalish tarkib(sostav)ning texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qolishi natijasida ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan navbatdagi yo‘nalish tarkib(sostav)i to‘xtab turgan vagonga borib yengil urilgan. Ma'lum bo‘lishicha, hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vagonlarga ham katta zarar yetmagan.

Shuningdek, “Sirg‘ali” metro yo‘nalishining voqea sodir bo‘lgan qismida harakat vaqtincha to‘xtatilganligi bois, qolgan tarkib(sostav)larning harakati qo‘shimcha (yordamchi) yo‘nalish bo‘yicha davom ettirildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda harakatlar to‘liq qayta yo‘lgan qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar FVB, IIB hamda Metropoliten xodimlari tomonidan vagon ichidagi yo‘lovchi fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilindilar.

Bundan tashqari voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati, yong‘in-qutqaruv xizmati, tuman IIB, Prokuratura hamda Milliy gvardiya xodimlari chiqishgan.

Hozirda vaziyat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech