FVV ogohlantiradi:
27 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 15-20*S gacha iliq bo'ladi.

Toshkent shahrining markazida sodir bo‘lgan YTH tufayli ikkita mashinada yong‘in kelib chiqqan: vaziyat qisqa vaqt ichida ikkita yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan bartaraf etildi

Kecha 10 mart kunidan 11 mart kuniga o‘tar kechasi, Sh.Rustaveli ko‘chasida «NEXIA-3» va «SPARK» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘qnashuvdan so‘ng ikkala mashinada ham yong‘in kelib chiqqan. Quvonarlisi, mazkur voqeada jabrlanganlar yo‘q, chunki haydovchilar o‘z vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Bir necha daqiqadan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Yong‘in uch daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan. 

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan yo‘llarda tezlikni oshirmasliklarini so‘rab qoladi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech