Deyarli bir vaqtda sodir bo‘lgan yong‘in, bugun tongda Toshkent shahrining Mirobod va Chilonzor tumanlarida yuz berdi. Ma'lum bo‘lishicha, kelib chiqqan vaziyat oqibatida Nukus ko‘chasi 10-uyda joylashgan “Buxoro” kafesining oshxonasi hamda Bunyodkor shox va Cho‘ponota ko‘chalari chorraxasida joylashgan ijarada bo‘lgan “Bistroff” kafesining qariyb 190 kv.m.ga zarar yetgan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 8 ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 2 avtonarvon zudlik bilan voqea joyiga yetib keldi. Yong‘in-qutqaruchilarining olib borgan tezkor sa'y-harakatlari natijasida binolarning 430 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushmagan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.