FVV ogohlantiradi:
10 aprel kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 13-18*S iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

2017 yilning 24 noyabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hududida “Ko‘p qavatli turar-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlarida havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda FVDT quyi tizimlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad:

 kuz-qish mavsumida ko‘p qavatli turar-joy fondlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va kommunal soha tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha kommunal soha xizmatlari kuch va vositalarining tayyorgarligini tekshirish;

kommunal tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar, yong‘in hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganda ularni bartaraf etish bo‘yicha boshqaruv organlarining ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish va takomillashtirish;

tungi paytlarda kommunal tarmoqlarda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda FVDT quyi tizimlari kuch va vositalarining hamkorlikdagi xarakatlarini tashkillashtirishda iborat bo‘ldi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqi 3 ta bosqichda o‘tkazildi.

Birinchi bosqichda, Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi, Toshkent shahar hududiy hamda quyi tizimlarining kuch va vositalarini saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Ikkinchi nazariy bosqichda, tadbir ishtirokchilariga o‘quv mashqini o‘tkazish g‘oyasi etkazilib, jalb etilgan xizmatlar rahbarlarining qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarish mobaynida qaror qabul qilishi hamda harakatlari muhokama etildi.

Uchinchi amaliy bosqichda esa FVB qutqaruv otryadi, yong‘inga qarshi kurashish, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda boshqa tegishli fuqaro muhofazasi tuzilmalari tomonidan shartli ravishda yuzaga kelgan favqlodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘tkazilgan o‘quv mashqida Yakkasaroy tumani “Domariq” mahalla fuqarolar yig‘inida faollar va ishlab chiqarish sohasida band bo‘lmagan aholi tarkibidan tashkil etilgan “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhi, Olmazor politexnika kolleji o‘quvchilari, Fuqaro muhofazasi instituti magistrantlari ham ishtirok etdi.

O`tkazilgan o`quv mashg`ulotida Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev ishtirok etdi.

Ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqiga jami 200 nafarga yaqin kishi va 43 ta maxsus texnika jalb etildi.

 

 FVV  Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech