Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 20-25 C iliq bo'ladi.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Maxsus-taktik o`quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 28 noyabr kuni Yunusobod tumanining «Turkiston» mahallasida kommunal sohalarning kuch va vositalari saf ko‘rigini tekshirish, shuningdek, mazkur hududda mavjud ariqlarni tozalash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.  

Belgilangan ariqlarda uzoq vaqt mobaynida tegishli tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanmaganligi sababli, kuchli yog‘ingarchilik natijasida ko‘pqavatli uylarning yerto‘lasi suv bilan to‘lib ketgan. Shu sababli,  mazkur hududda keng qamrovli tozalash ishlar amalga oshrildi. 

O‘quv mashqi davomida ishtirokchilarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga 30 metr uzunlikdagi ariqlar qayta ko‘rikdan o‘tkazildi, qolgan hududlarda tozalash ishlari yakunlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida oqava ariqlari butunlay tiklandi    

Shuningdek, “Toshshaharnur” DUK tuman filiali tomonidan “Turkiston” maxallasidagi ko‘cha chiroqlariga texnik xizmat ko‘rsatildi va  yangilandi, tuman gaz ta’minoti filiali tomonidan gaz taqsimlash punkti va elektr taqsimlash shaxobchasiga texnik xizmat ko‘rsatildi.

O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqiga jami 48 kishi va 10 ta texnika jalb etildi.

 

 FVV Matbuot xizmat

O'xshash yangiliklar

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

Joriy yilning 19 oktyabr kuni Ozbeksiton Respublikasi Favquloda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instiutida Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid mavzusida davra suhbati otkazildi. Davra suhba…

Is gazidan ogoh bo‘ling!

2018 yilning 18 oktyabr kuni Yаngiyol tumani Keng kichik MFY Farovon kochasi 12 uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, hayotdan bevaqt koz yumgan. Ushbu fojeaga …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech