Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Toshkent teleminorasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Kuni kecha, Toshkent Teleminorasida FVV Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi, shartli ravishda kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar hamda boshqa ko‘ngilsizliklarni bartaraf etish, fuqarolarni zudlik bilan evakuasiya qilish, jabirlanganlarni havfsiz hududlarga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam berish ishlarini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir yakunida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mavjud qidiruv-qutqaruv, jangovor yong‘in-qutqaruv texnikalari, turli zamonaviy asbob anjomlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech