FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

"Toshkent-Termiz" M-39 avtomagistral yo‘lida harakatlanib kelgan "ZIL-130" rusumli yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan

Joriy yilning 16 aprel kuni soat 10:35da Toshkent-Termiz M-39 avtomagistral yo‘lining 832-kilometrida (Yangiyul tumani Nurobod MFY hududidan o‘tgan qismidan) harakatlanib kelgan "ZIL-130" rusumli yuk mashinasining motor va kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruvchilari voqea joyiga soat 10:46da yetib borib, yong‘inni o‘chirishga kirishganlar. Yong‘in soat 10:48da to‘liq o‘rab olingan va soat 10:54da batamom o‘chirilgan.

Hodisadatan jaroxati olgan va xalok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech