Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida trening tadbiri o‘tkazildi

Kuni kecha, “O‘zbekistondagi jamoalarning iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladigan tabiiy xavflarga chidamliligini oshirish uchun erta ogohlantirishning kompleks tizimini takomillashtirish” loyiha dasturi asosida Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqiyot dasturi va Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida trening tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirga Toshkent viloyatining tabiiy tusdagi sel-toshqin xafi yuqori bo‘lgan Bo‘stonliq hamda Parkent tumanlaridagi MFY raislari va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislari, Gidrometeorologiya xizmati, Qizilyarimoy jamiyati, maktab direktorlari va Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirlaridan iborat jami 50 nafar ishtirokchilar jalb etildi.

Trening loyihaning maqsadi va undan kutilayotgan natijalar to‘g‘risida baxs-munozaralar tarzida o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilarning tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishlari bo‘yicha bilim ko‘nikmalari oshirilb, eslatma materiallari tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech