Joriy yilning 29 iyul kuni soat 17:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro D.Abduvaliev yordam so‘rab murojaat qildi.
Kelib tushgan ma’lumotga asosan sayohatchilar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘larida adashib qolgan.
“Chimyon” qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tezkorlik bilan voqea joyiga chiqishib qidiruv ishlarini boshlab yuborishdi.
30 iyul kuni erta tongda soat 05:30 da adashib qolganlar topildi.
Qutqaruvchilar tomonidan adashib qolganlargi yordam ko‘rsatilib aholi punktiga evakuatsiya qilindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi, tog‘li hududlarda havfsizlik qoidalariga rioya qiling.