Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i "Rahbar va yoshlar" uchrashuvini o‘tkazdi

Joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Xurshid Narkazakovich Alibayev tizimda xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab quvatlash borasidagi ishlar va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda  har bir inson o‘z kasbini sevishi, unga sadoqatli bo‘lishi va albatta o‘z ustida ishlashi orqali yuksak marralarga erisha olishi mumkinligi ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan bir qatorda ochiq muloqot davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida yoshlarga bo‘lgan e'tibor, tizimda olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda berilayotgan imtiyozlar, harbiy xizmatchilarning farzandlari tarbiyasiga aloxida e’tibor qaratishlari, oilada farzandlarni vatanparvarlik ruhida voyaga yetkazib, tarbiyalashda onaning o‘rni muxim axamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, ularga minnatdorchilik bildirildi. Tadbir ishtirokchilariga davlatimiz tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga berilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligi aytib o‘tildi.

Mazkur uchrashuvda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, xizmatchilar va Favqulodda vaziyatlar Akademyasi kursantlari ishtirok etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech