FVV ogohlantiradi:
15 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22 C iliq bo'ladi.

Toshkent viloyatida aholi o‘rtasida tabiiy va is gazidan zaharlanishning oldini olish borasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

2017 yilning 10 dekabr kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Toshkent tumani hokimligida “2017-2018 yillar qish mavsumida aholini tabiiy va is gazidan zaharlanishini oldini olish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligi ostida 52 nafar harbiy xizmatchi va qutqaruvchilar, “Toshkentgaz” filialidan 68 nafar, Toshkent tumani IIB YOXBdan 50 nafar, Ma’muriy ijro byurosidan 68 nafar, Yоng‘inga qarshi kurash jamiyatidan 12 nafar, shuningdek, tumandagi 68 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishdan so‘ng, barcha ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda tumandagi mahallalarda uyma-uy yurib xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg‘i mahsulotlari, isitish va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.

Kun davomida tumandagi 2977 ta aholi xonadonlarida 10315 nafar fuqarolar bilan “Is gazi, ovqatdan zaharlanish hamda quturish kasalligini oldini olish” mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi hamda aholiga 10258 ta eslatma va bukletlar tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech