Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 20-25 C iliq bo'ladi.

Toshkent viloyatida fuqarolar bilan qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan aholi bilan muloqot qilish maqsadida joylarga chiqqan holda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, 2017 yilning 2 dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djurayev Toshkent viloyatida bo‘ldi.

Mazkur tadbir Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida tashkil etilib, unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mutasaddi xodimlari, shuningdek, Angren shahri, Oxangaron, Bo‘stonliq, Parkent va Yangiyol tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdilar.  

Qabul davomida 10 nafar fuqaro o‘zlarini qiynayotgan muammo bilan murojaat qilishdi. Barcha murojaatlar Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, mutasaddilarga qirg‘oq mustahkamlash, ko‘priklarni ta’mirlash, daryo va qirg‘oqlarni tozalash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga harbiy xizmatga qabul qilish yuzasidan 6 nafar fuqaroning murojaatlari  ko‘rib chiqildi.

Fuqarolarni qabul qilish tadbirlari davom etmoqda.

 

 

 

O'xshash yangiliklar

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

Joriy yilning 19 oktyabr kuni Ozbeksiton Respublikasi Favquloda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instiutida Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid mavzusida davra suhbati otkazildi. Davra suhba…

Is gazidan ogoh bo‘ling!

2018 yilning 18 oktyabr kuni Yаngiyol tumani Keng kichik MFY Farovon kochasi 12 uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, hayotdan bevaqt koz yumgan. Ushbu fojeaga …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech