FVV ogohlantiradi:
16 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18*S iliq, kunduzi 28-33*S iliq bo'ladi.

Toshkent viloyatida FVV qutqaruvchilari 3 ta uydagi yong‘inni bartaraf etdilar

Ushbu hodisa bugun, 20 oktyabr kuni Zangiota tumanida joylashgan “Aloqa” MFY hududida sodir bo‘lgan. Soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qo‘shni bo‘lgan uchta uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan. Soat 08:05 da yong‘in o‘rab olingan bo‘lsa, 08:33 da uni to‘liq bartaraf qilishga erishildi. Yong‘in hodisasi uylarning 400 kv. m. qismiga zarar yetkazgan. Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech